“Yilning eng faol jurnalisti” tanlovi
Опубликовано Элдор Хасанов Grant va tanlovlarO‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi “Yilning eng faol jurnalisti-2009” tanlovini e’lon qildi.
O‘zbekistonda demokratik taraqqiyot va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Mamlakatni yangilash, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xalqimizning turmush farovonligini oshirish, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasida katta yutuqlarga erishildi. O‘tgan yili qishloq taraqqiyoti va farovonligiga yo‘naltirilgan Davlat dasturi asosida qishloqlarimizni obod etish, aholining turmush madaniyatini yuksaltirish, yashash sharoitini shahar darajasiga yaqinlashtirish bo‘yicha salmoqli va xayrli ishlar qilindi.
Bu yil farzandlarimizning jismonan va ma’nan sog‘lom, davr talabiga mos intellektual bilim va ixtisosga ega bo‘lgan zamonaviy insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlashga qaratilgan ezgu maqsad yo‘lida ulkan harakat boshlandi.
Xalqimizning erishayotgan bu yutuqlari, olijanob maqsad va sa’y-harakatlarini keng yoritishda ommaviy axborot vositalarida faoliyat ko‘rsatayotgan siz, jurnalistlarning xizmatlaringiz katta.
Aziz hamkasblar, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi sizlarni “Yilning eng faol jurnalisti” an’anaviy tanlovida qatnashishga taklif etadi. Tanlovga 2009 yilning 1 iyunidan 2010 yilning 1 iyunigacha gazeta va jurnallarda, internet nashrlarida e’lon qilingan materiallar, efirga uzatilgan teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar qabul qilinadi.
Materiallar tanlovga tahririyat tavsiyasi bilan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘limlari orqali joriy yilning 5 iyunigacha taqdim etiladi.
Ijodiy ishlar namunalari bilan birgalikda muallifning ish joyi, telefoni, manzili haqidagi ma’lumotlar va pasport nusxasi ilova qilinishi shart.
“Yilning eng faol jurnalisti – 2009” tanlovi g‘oliblari va sovrindorlariga diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlab 27 iyunda o‘tkaziladigan bayram tadbirida topshiriladi. Taqdirlanganlar ro‘yxati matbuotda e’lon qilinadi.
Materiallar “Yilning eng faol jurnalisti – 2009” tanloviga deb ko‘rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:
100129, Toshkent shahri,
Navoiy ko‘chasi, 30-uy.
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi
3-qavat, 30-, 35-, 37-xonalar
Telefonlar: 244-64-61; 244-64-62; 244-37-87.
Sayt: www.journalist.uz

Свежие комментарии