Andijon viloyatida oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Universiada-2010” musobaqasida qatnashadigan Toshkent shahri terma jamoasi asosini O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining sportchi talabalari tashkil etadi. Mazkur ilm dargohi talabalari shahar miqyosida o‘n ikki sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan saralash bellashuvlarida futbol, voleybol, gandbol, suzish, kurash, belbog‘li kurash, yengil atletika, basketbol hamda tennis musobaqalarida birinchi o‘rinni egallab, Toshkent shahri terma jamoasi tarkibiga qo‘shildi. Читать полностью »
Toshkent viloyatida bugungi kunda 120 kasb-hunar kolleji va akademik litseylar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 108 ming nafardan ortiq o‘quvchi o‘n yo‘nalish, 128 mutaxassislik bo‘yicha ta’lim-tarbiya olmoqda. Viloyatda 2009 yili manzilli dasturga kiritilgan 16 ta’lim muassasasi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. Yetti ilm maskanida kapital rekonstruksiya hamda ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Bitta yangi akademik litsey qurildi. Читать полностью »
Termiz davlat universiteti tarix fakultetining manbashunoslik, tarixshunoslik va maxsus fanlar kafedrasi huzurida “Iste’dod” guruhi tashkil etilib, unga izlanuvchan talaba-yoshlar jalb qilindi. Guruh vohaning an’anaviy dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik tarmoqlari, uy-joy qurilishi, o‘ziga xos madaniyati, urf-odatlari, marosimlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Talabalarning arxeologiya va etnografiya sohasida ilmiy izlanish olib borishi uchun barcha sharoit yaratilgan.
Читать полностью »
Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida umumiy qiymati 71,4 million so‘m bo‘lgan sakkizta fundamental va amaliy loyiha bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2006 yil 7 avgustda qabul qilingan «Fan va texnologiyalar rivojlanishining muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan mamlakatimizda ilmiy-tadqiqot faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirishning yangi tizimi joriy qilindi. Читать полностью »
Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli aniq yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida 2010 yilning “Barkamol avlod yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan:
Читать полностью »
Prezidentimiz Islom Karimovning Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 17 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida qayd etilganidek, taraqqiyot yo‘lidan dadil odimlayotgan mamlakatimiz salohiyatini yanada rivojlantirishda izlanuvchan, tashabbuskor, iqtidorli va yetuk mutaxassislarning o‘rni beqiyos. Bugungi zamonda yuksak intellektual salohiyat egasi bo‘lgan, yuksak texnologiyalar sir-asrorini chuqur egallagan va uning yutuqlarini sohalar rivojiga yo‘naltirishga, farovon kelajakni barpo etishda o‘zining munosib ulushini qo‘shishga qodir malakali mutaxassislar jamiyatning muhim tayanchi hisoblanadi.
Читать полностью »
Mamlakatimizdagi eng yirik oliy o‘quv yurti Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti maqomini olganiga o‘n yil to‘ldi.
Ilmu ma’rifat, ta’lim-tarbiya jamiyat taraqqiyotini belgilaydigan eng qudratli omillardan. Istiqlolning dastlabki yillaridan Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz mustaqil taraqqiyot yo‘lini davom ettirishga qodir, zamon talabiga javob bera oladigan mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasiga ustuvor ahamiyat berilayotgani bugun o‘zining yuksak samaralarini bermoqda. Читать полностью »
Dunyo yaralganidan beri insoniyat taraqqiyotning bir qancha bosqichlarini, turfa ko‘rinishlarini boshidan kechirib kelmoqda. O‘tgan ming yillar, asrlar mobaynida bashariyat qanchadan-qancha kashfiyotlarni ko‘rdi. Lekin, siz bilan biz yashab turgan bugungi davrda inson ilm-fan, texnika va texnologiyaning eng yuksak cho‘qqilarini zabt eta oldi, desak adashmaymiz.
Читать полностью »
Yurtboshimiz rahnamoligida yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, farzandlarimizning irodasini toblash, mustaqil dunyoqarashini shakllantirish, ongi va qalbida Vatanga sadoqat, el-yurtga mehr-muhabbat tuyg‘ularini qaror toptirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ana shunday ezgu maqsadlar qatori bolalar sportini rivojlantirish ham davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Читать полностью »
Angren shahrida Prezidentimiz Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasini targ‘ib etish masalasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent viloyat kengashi, shahar hokimligi, xotin-qizlar qo‘mitasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.
Читать полностью »
Свежие комментарии